Just Jared portali Marvelning “Qasoskorlar” superqahramonlik film seriyalaridagi asosiy aktyorlarning gonorarlarini ma`lum etdi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Ma`lum bo`lishicha, temir odam rolii ijro etgan kichik Robert Dauni 2008 yilda shu nomdagi film uchun 500 ming dollar, 2012 yili esa “Qasoskorlar” uchun 50 mln. dollar gonorar olgan. Kapitan Amerika roli ijrochisi Kris Evans “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” va “Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik” uchun 15 million dollar, Bri Larson bo`lsa, Kapitan Marvel roli uchun 5 million dollar gonorarni qo`lga kiritgan.






