AsosiyShou-biznes

Polshada Vinni-Pux tanqidga uchradi

Polshaning Tushin shahri rahbariyati bolalar maydonchasi uchun bezak sifatida Vinni-Pux qiyofasidan foydalanishni inkor etdi. Bunga uning “jinsi noma`lumligi” sabab qilib ko`rsatilgan. Bu haqda “Croatian Times” xabar berdi.

Varshavadan 140 kilometr uzoqlikda joylashgan Tushin shahridagi bolalar maydonchasi uchun Vinni-Pux qiyofasi asosiy bezak sifatida ko`rilayotgan edi, ammo uning qaysi jinsga mansub ekanligi noaniqligi bois uning timsolidan foydalanishga ruxsat berilmadi.
Mahalliy hokimiyatdagilar mashhur qahramon noto`g`ri kiyinganini (Vinni ishtonsiz holatda tasvirlanadi) va qaysi jinsga mansubligi noma`lumligini bildirishdi.

Bu ayiqning muammosi shundaki, uning kiyimi etarli emas. U doim yarim-yalang`och yuradi, bu esa bolalar tarbiyasiga zid.

“The Independent”ning yozishicha, bolalar maydonchasi timsoli qaysi qahramon bo`lishi haqida hozircha bir qarorga kelingani yo`q, lekin Vinni-Pux ushbu ro`yxatdan chiqarib yuborildi.
“Disney” kompaniyasi tomonidan ommalashtirilgan mashhur Vinni-Pux o`tgan asrning yigirmanchi yillarida o`ylab topilgan: u yozuvchi Milnning o`g`li Kristofer Robinga tegishli o`yinchoq ayiqchaning nomidir. Bolaning boshqa o`yinchoqlari ham kitob sahifalaridan joy olgan. Miln faqat boyqush va quyonni o`ylab topgan.

Manba: tjournal.ru

    Boshqa yangiliklar