O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2014 yilning 25 noyabridan boshlab, xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko`ra, AQSh dollari 2400 so`mdan oshib ketdi, va 4.3 so`mga ko`tarilib, 2396.79 so`mdan 2401.09 so`mgacha ko`tarildi.
Yil boshida ushbu ko`rsatkich, 2202.2 so`mni tashkil etgan edi. O`tgan davr mobaynida 200 so`m qo`shildi yoki 9 foiz. 2013 yil davomida dollarning so`mga nisbatan qiymati 10.91 foizga ko`tarilgan edi.
25 noyabrdan boshlab, bir evro 2993.72 so`mni, Rossiya rubli esa 52.43 so`mni tashkil etadi.





