Umumiy maydoni 6,88 gektarni egallagan xiyobonga yuzdan ortiq o`rindiqlar, zamonaviy yoritgichlar o`rnatilgan.
Maydon markazidagi musiqali favvora va uning yonidagi ikki favvora kompyuter texnika vositalari orqali boshqariladi.
O`ziga xos uslubda bunyod etilib, aholining maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan bu inshoot qadim va navqiron Buxoroning yanada chiroy ochishiga xizmat qiladi.





