AsosiyDunyo

AQSh mudofaa vaziri iste`foga chiqdi

Bugun AQSh prezidenti Barak Obama Oq Uyda mamlakat mudofaa ishlari vaziri Chak Xeygelning iste`fosini qabul qildi.
68 yoshli vazirning iste`fosi Iroq va Suriya hududidagi “Islom davlati”ga qarshi zarur darajada kurash olib bormagani va vaziyatni o`nglay olmagani bilan bog`liq.
Chak Xeygel 2013 yil 26 fevralida Pentagon rahbari etib tayinlangan edi. U “Vetnam urushi” qatnashchisi hisoblanib, uzoq yillar davomida AQSh armiyasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan edi.
Shuningdek, Xeygel Barak Obama hukumatidagi respublikachilar partiyasidan bo`lgan yagona vakil edi.
AQShning yangi mudofaa vaziri etib kim tayinlangani haqida hali xabarlar chiqmadi.

Manba: tass.ru

    Boshqa yangiliklar