Ob-havo ma`lumotlariga ko`ra, shu haftaning seshanba kunidan boshlab O`zbekistonning barcha hududlarida keskin sovuq tushishi va yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «Kun.uz».
25 noyabrdan bir qator viloyatlarda qor yog`adi, havo harorati 0 gradusdan pastga tushib ketadi. Respublika bo`yicha havo harorati o`rtacha kunduzi 0–2° iliq, kechasi esa 2–5° sovuq atrofida bo`ladi.
Qoraqalpog`istonda havo harorati eng sovuq darajada bo`ladi. Bu erda harorat 26 noyabr kuni 7–12 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja sovuq atrofida bo`ladi. 27–29 noyabr kunlari havo harorati sekin-asta ko`tarilib, kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 1–6° iliq bo`ladi.
Farg`ona vodiysida, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida havo biroz iliqroq bo`ladi. 26 noyabr kuni kechasi havo harorati 1–6° sovuqqacha tushib ketadi, 27–29 noyabr kunlari kechasi harorat 3° sovuq−2° iliq atrofida, kunduzi esa 5−10 daraja iliq havo bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat 26 noyabr kuni kechasi 3° sovuq−2° iliq atrofida bo`ladi. 27–29 noyabr kunlari kechasi 1–6°, kunduzi esa 8-13° atrofida iliq havo bo`ladi.





