AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati aholisini gaz bilan uzluksiz ta`minlash bo`yicha choralar ko`rilmoqda

«Toshkentgazta`minot» unitar korxonasi tomonidan mavsumga puxta hozirlik ko`rildi. Tayyorgarlik ishlari doirasida 558,4 kilometr masofadagi er osti gaz tarmoqlari ko`rikdan o`tkazildi, deya xabar bermoqda O`zA.

17,5 kilometrlik gaz quvurlari mukammal ta`mirlandi. O`rta Chirchiq, Piskent, Oqqo`rg`on, Bo`ka, Quyi Chirchiq tumanlaridagi sakkiz mingga yaqin gaz taqsimlash nuqtasi nazoratdan o`tkazildi.

Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 27 iyundagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014-2015 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo`layotir.
Ayni paytda aholi, korxona va tashkilotlar, ta`lim va tibbiyot muassasalari hamda madaniy-maishiy inshootlarni kuz-qish mavsumida uzluksiz tabiiy gaz bilan ta`minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tabiiy gaz ta`minotini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, afsuski, gazdan noqonuniy foydalanish, to`lov intizomiga rioya qilmaslik holatlari uchramoqda.
– O`tkazilgan tekshiruvlar chog`ida Chirchiq va Olmaliq shaharlari, Zangiota, Ohangaron va Piskent tumanlarida istiqomat qiluvchi ayrim fuqarolar foydalanilgan gaz uchun to`lovlarni o`z vaqtida to`lamagani ma`lum bo`ldi, – deydi «Toshkentgazta`minot» unitar korxonasi rahbari Akmal Yo`ldoshev. – Bunday holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda aholi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Har bir mahallada bu boradagi ishlarga mas`ul fuqarolar biriktirilgan. Qonunbuzarlarga qarshi qat`iy jazo choralari qo`llanilmoqda.
Viloyatda olib borilayotgan bu boradagi ishlar natijasida aholining tabiiy gazdan qarzdorligi kamaymoqda.

    Boshqa yangiliklar