Hindistonning Agra shahridagi “Bog`i Gulafshon” istirohat majmuasida joylashgan “Orom” bog`ida atoqli shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning “Devoni Bobur” risolasining taqdimoti bo`lib o`tdi, deya xabar qilmoqda uz24.uz.
Bu haqda “Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, Hindiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Rampur Raza kutubxonasi va O`zbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi hamkorligida chop etilgan mazkur risolaning taqdimoti Bximrao Ambedkara nomidagi Agra davlat universiteti ko`magida o`tkazildi.
Tadbirda Hindiston ilmiy-akademik doiralari, madaniyat va adabiyot namoyondalari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Ma`lumot o`rnida shuni aytish joizki, “Devoni Bobur” 13 ta g`azal va ularning ayrimlariga sharhlarni o`z ichiga olgan bo`lib, 66 betdan iborat. Risola Hindiston oliy o`quv yurtlarining Bobur va boburiylariylar davri bilan bog`liq tadqiqotlar markazlari uchun qo`llanma sifatida tarqatishga mo`ljallangan.





