AsosiyJamiyat

​Yozuvchi Komil Sindorov bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi

'​Yozuvchi Komil Sindorov bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti kursantlari o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida taniqli yozuvchi, detektiv asarlar muallifi Komil Sindorov ijodiy uchrashuvi tashkil etildi.

Ijodiy uchrashuvda institutning Bojxona huquqi ta`lim yo`nalishida tahsil olayotgan kursantlar adibning “Qimmatga tushgan xato”, “Temuriylar kutubxonasining siri”, “Amirlikning oltin taxti izidan”, “Kechikkan qasos” kitoblarining yaralish tarixi, asarlardagi obrazlarning hayotiy misollar orqali badiiy jihatdan boyitilganligi kitobxon qalbiga yo`l topib borishiga sabab bo`layotganligini e`tirof etishdi.

Bu kabi badiiy asarlar mutolaasi kursanlarning kasbiy faoliyati davomida tahliliy fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ijodiy uchrashuv davomida K.Sindorov o`z ijodi to`g`risida tadbir ishtirokchilariga atroflicha ma`lumot berib, kitobxonlikning ahamiyatini tushuntirdi. Shuningdek, kursantlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.

Tadbir so`ngida muallif o`z ijodiga mansub badiiy asarlarni institut kutubxonasiga tuhfa etdi.

    Boshqa yangiliklar