AsosiyJamiyat

​«Yosh yong`in o`chiruvchi» musobaqasining respublika bosqichiga katta tayyorgarlik ko`rilmoqda

'​«Yosh yong`in o`chiruvchi» musobaqasining respublika bosqichiga katta tayyorgarlik ko`rilmoqda'ning rasmi

«Yosh yong`in o`chiruvchi» va «O`zbekiston Respublikasi IX-chempionati» musobaqalarining respublika bosqichiga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB xabariga ko`ra, mazkur musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 1-15 aprel kunlari tuman-shahar miqyosida har bir umumta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida o`tkazilib, ushbu bosqichda o`quvchilar orasidan umum jismoniy tayyorgom hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanib, tuman-shahar terma jamoasi shakllantirildi va ikkinchi, ya`ni viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo`llanma oldilar.

Musobaqaning ikkinchi bosqichi joriy yilning 1-18 may kunlari nazariy shartga ko`ra ishtirokchilarning yong`in xavfsizligi bo`yicha bilim saviyalari test sinovlari asosida hamda amaliy shartlarga ko`ra «100 metrga to`siqlar osha yugurish», «Ishg`ol qilish narvonida o`quv minorasiga ko`tarilish» hamda «Yong`in o`chiruvchilar estafetasi» turlari bo`yicha o`tkazilib kelinmoqda. Albatta ushbu bosqichda ham g`olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlanmoqdalar hamda viloyat terma jamoasi shakllantirilib, uchinchi bosqichda, ya`ni respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo`llanma oladilar.


    Boshqa yangiliklar