Respublika yosh ijodkorlari kengashi tashkil etgan “O`zbekiston bahori” II respublika an`anaviy ijod festivali bu yil Xiva shahrida bo`lib o`tdi.
Eslash joiz, Respublika yosh ijodkorlari kengashi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yili tashkil etilgan edi. O`tgan qisqa vaqt ichida kengash ko`plab yoshlarni o`z atrofiga birlashtirdi, iste`dodlarni kashf etdi. Ularni rag`batlantirib, qo`llab-quvvatlab ham kelmoqda.
“O`zbekiston bahori” respublika an`anaviy ijod festivali ham ana shu ezgu maqsad yo`lidagi muhim ahamiyatli tadbirlardan biridir.
Festivalda respublikamizning barcha hududlaridan jam bo`lgan iste`dodli yoshlar qadim Xivaning tarixiy maskanlari bilan tanishdi, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari bo`lib o`tdi. Yoshlar turli yo`nalishlarda ustozlardan mahorat saboqlarini oldi.
Tantanali tadbirda nasr, nazm, dramaturgiya, jurnalistika, tasviriy san`at va fotografiya yo`nalishida 3 nafardan g`oliblar taqdirlandi.
Ular bilan tanishing:
Nazm yo`nalishida – Shahriyor Ibragimov, Gulhayo Anorova, Zulxumor Orifjonova.
Nasr yo`nalishida – Jumanazar Yo`ldoshev, Obidjon Qo`ldoshev, Bibi Robiya Saidova.
Dramaturgiya yo`nalishida – Husnoraxon Ro`zmatova, Obidjon Ro`ziboev, Shavkatjon Bobomurodov.
Jurnalistika yo`nalishida – Sayyoraxon G`ulomjonova, Sanjar Eshmurodov, Inobat Ahatova.
Tasviriy san`at yo`nalishida – Madinaxon Abdullaeva, Jasmina Hasanova, Dilnozaxon G`ofurova.
Fotografiya yo`nalishida – Hamdambek Mamadaliev, Azamat Kattaev, Dilzodaxon Hamidjonova.
G`oliblarga tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg`alari topshirildi.
O`zbekiston teatr arboblari uyushmasi yoshlari sahna ko`rinishlarini taqdim etdi. Xorazmning xushovoz xonandalari davraga fayz kiritdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o`rinbosari S.Salaev so`zga chiqib, yoshlarni tabrikladi.