“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan “Ko`kaldosh” o`rta maxsus islom bilim yurtida ta`lim oluvchi 5 nafar talabaga to`lov shartnoma pullari to`lab berilgani haqida sertifikatlar topshirildi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur xayrli ishlar “Ilmga ko`mak” aksiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu ta`lim dargohini moddiy va ma`naviy jihatdan bundan keyin ham qo`llab-quvvatlash maqsadida, Qur`oni karimni to`liq yod olgan talabalarga, shuningdek, mingta hadis yodlagan talabalarga ham to`lov shartnoma pullari Fond tomonidan to`liq qoplanadi.






