Krasnoyar o`lkasidagi Igarka aerodromida o`z manzillariga etib olishni istayotgan yo`lovchilar samolyotni birgalikda joyidan siljitishga harakat qilishdi. Bu haqda LifeNews nashri ma`lumotlariga tayanib, Day.Az xabar beradi.
Buning sababi, bugun 26 noyabr kuni ushbu o`lkadagi havo harorati -52 darajagacha sovib ketgan va shu tufayli samolyot g`ildiraklari muzlab, joyidan qimirlay olmagan. Albatta, aviakompaniya vakillari samolyot g`ildiraklaridagi muzni eritishga harakat qilishdi. Bir necha bor amalga oshirilgan urunishlardan so`ng, samolyot yo`lovchilarni o`z bag`riga olib, manzil tomon parvoz etgan.





