Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi 2018 yilning oxiriga qadar O`zbekiston yoqilg`i-energetika sektorida umumiy qiymati 8 milliard dollarga teng loyihalarni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda RIA Novosti Hyundai Engineering&Construction prezidenti Yung Su-Xunga (Jung Soo-Hyung) tayangan holda.
"Kompaniyada xalqaro tanlov yakunlariga ko`ra imzolangan jiddiy shartnomalar bor. Ular hamkorlar bilan birgalikda keyingi uch-to`rt yilda amalga oshiriladi”, - deydi Yung Su-Xun. Uning so`zlariga ko`ra, kompaniya O`zbekistonda o`tkaziladigan sohaga oid yangi tenderlarda ishtirok etadi va ularda g`olib chiqishni ko`zlamoqda.





