Har bir davrda oilaning asosiy vazifasi, farzandlarning dunyoga kelishi va ularning tarbiyasi, o`zligini anglab etishi va shakillanishi bo`lib hisoblangan.
Biroq ayrim oilalardagi kelishmovchiliklar sabab, nikohni bekor qilib, farzandlarining moddiy ta`minoti uchun ota yoki onadan aliment undirish choralarini ko`radi.
Ayni vaqtda Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati va uning hududiy bo`limlarida aliment undirish bilan bog`liq 16.000 dan ortiq ijro hujjatlari mavjud.
Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarni undirish bilan,shuningdek, ajrashgan oilarni yarashtirishga ko`maklashishmoqda.
Joriy yilning shu davriga qadar aliment bilan bog`liq 1863 ta ijro hujjati tamomlandi shundan 260 dan ortiq oilalar o`zaro yarashganliklari sababli ijro harakatlari to`xtatildi.
15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Oila” markazi binosida Byuroning viloyat boshqarmasi, Termiz shahar bo`limi xodimlari hamda Oila markazi rahbarlari ishtirokida 4 ta oila yarashtirilishiga erishildi. Oila muqaddasligini tushunib etgan bu esdalik sovg`alari topshirildi.
Tadbir qatnashchilaridan biri shunday deydi: "Men oila muqaddas dargoh ekanligini tushunib etdim. 3 ta farzandlarimni taqdirini o`ylamay, ularni tirik etim qilib qo`ygan ekanman. Farzand uchun ota-onaning mehri naqadar qadrli ekanini kech bo`lsada angladim. Endilikda bor mehrimni shu aziz farzandlarim va oilam uchun sarflayman. Albatda oilam mustahkam bo`lishligi uchun ko`maklashgan mutasaddilarga o`z minnatdorchiligimni bildiraman".
Bu kabi tadbirlar viloyat bo`ylab davom etmoqda.