1

​Zangiota ziyoratgohida 76 oilaga xayru saxovat ko`rsatildi

Jamiyat 15.05.2019, 10:36
​Zangiota ziyoratgohida 76 oilaga xayru saxovat ko`rsatildi

Alloh taolo Baqara surasining 195-oyatida shunday marhamat qiladi: “...va siz ehson qiling, Alloh taolo ehson qiluvchilarni yaxshi ko`radi”.

Muxtojlarga ko`mak ko`rsatish, moddiy va ma`naviy jihatdan yordamlashish mo`minlar uchun Alloh taologa suyukli bo`lishning eng afzal yo`llaridan biridir.

Muqaddas Ramazon oyi munosobati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Zangi ota” ziyoratgohida navbatdagi xayriya tadbiri o`tkazildi. Mazkur tadbirda Toshkent viloyatining turli hududlaridan yig`ilgan 76 nafar vatandoshlarimizga fondning “Zakot” mablag`lari hisobidan pul mablag`lari hamda oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

“Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqaning eng afzali – Ramazonda qilingan sadaqa”, deganlar, shuning uchun ham biz ayni shu maqaddas oyda ko`proq hayriya qilishga mamlakatimizning kengroq hududini qamrab olib, eng chekka manzillargacha etib borishga harakat qilmoqdamiz”, -deydi so`zga chiqqan fond rahbari Iskandar Xalilov.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1