1

O`zbekiston va AQSh o`rtasida harbiy-texnik hamkorlikni o`rnatish masalasi muhokama qilindi

Jamiyat 15.05.2019, 10:50
O`zbekiston va AQSh o`rtasida harbiy-texnik hamkorlikni o`rnatish masalasi muhokama qilindi

AQShning Missisipi shtati gubernatori Fil Brayant hamda ushbu shtat Milliy gvardiyasining general ad`yutanti Djenson Boyls boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Delegasiya 14 may kuni O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondoni Baxodir Tashmatov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni o`rnatish maqsadida bir qator masalalar muhokama qilinib, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondoni tomonidan O`zbekiston xalqaro munosabatlarda Amerika Qo`shma Shtatlarini strategik hamkor sifatida ko`rishi hamda mintaqalararo xavfsizlikni ta`minlashda o`rni yuqori ekanligi ta`kidlandi.

Muzokarada kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim bo`g`in sifatida xizmat qiluvchi Toshkentdagi AQSh elchixonasining AQSh ishlari bo`yicha ishonchli vakili Alan Melser ham ishtirok etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati "darakchi.uz"ga xabar qildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1