1

​Sog`liqni saqlash vazirligi: koreyalik investorlar O`zbekistonda farmasevtika tarmog`ini rivojlantiradi

Jamiyat 15.05.2019, 12:49
​Sog`liqni saqlash vazirligi: koreyalik investorlar O`zbekistonda farmasevtika tarmog`ini rivojlantiradi

O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida tibbiyot va farmasevtika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariev ayni paytda Janubiy Koreyada tashrif bilan bo`lib turibdi.

Tashrifning dastlabki kunida O`zbekiston delegasiyasi Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vaziri Song Yu Mo bilan uchrashdi. Muloqotda vaziri Song Yu Mo koreyalik investorlar O`zbekistonda farmasevtika tarmog`ini rivojlantirishga tayyor ekanini ta`kidlab o`tdi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda farmasevtika sohasiga investisiya jalb etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2018 yilda respublika hududlarida farmasevtika tarmog`ida umumiy qiymati 96,26 million AQSh dollari miqdorida investisiya yo`naltirilgan holda 34 ta loyiha ishga tushirilib, 1501 ta yangi ish o`rni yaratilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi “O`zbekiton Respublikasining 2019 yilga mo`ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan esa joriy yil davomida farmasevtika tarmog`ida umumiy qiymati 216,5 million AQSh dollari qiymatidagi 20 ta loyiha amalga oshirilishi va natijada 2218 ta yangi ish o`rni tashkil etilishi rejalashtirilgani diqqatga sazovor.

Eslatib o`tamiz, mamlakatimizda 159 ta farmasevtika korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning 90 tasi dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, 58 tasi tibbiyot buyumlari, 11 tasi esa tashxis uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalardir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 35 farmakoterapiya guruhidan 26 guruhga kiritilgan prepatarlar ishlab chiqarilmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1