1

“Huquqiy axborot” kanali rasmiy maqomga ega bo`ldi

Jamiyat 15.05.2019, 14:32
“Huquqiy axborot” kanali rasmiy maqomga ega bo`ldi

“Huquqiy axborot (https://t.me/huquqiyaxborot)”, “Pravovaya informasiya (https://t.me/pravoinf)”, “Legal Info (https://t.me/leginf)” kanallari Telegram tarmog`ida verifikasiya qilindi...

Xabaringiz bor, 2017 yil oktyabr oyida qabul qilinayotgan qonun hujjatlari haqida aholiga tezkor ravishda etkazish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy axborot” kanali faoliyati tashkil etilgan edi. Mazkur kanal faoliyatining doimiy takomillashtirilib borilishi natijasida, hozirda ushbu kanal huquqiy mavzular bo`yicha o`ziga xos axborot agentligi vazifasini ham bajarib kelyapti. Xususan, kanal orqali 2018 yilda 2 400 ta material tarqatilgan, ushbu materiallar jami 123 mln marta ko`rilgan.

Yaqinda foydalanuvchilar talabidan kelib chiqib, ushbu telegram kanalining rus(https://t.me/pravoinf)va ingliz (https://t.me/leginf) tillaridagi versiyalari ham ishga tushirildi. “Huquqiy axborot”ga o`xshash kanallar paydo bo`lganligi, ular orqali aholini chalg`ituvchi axborotlar tarqatilayotganligi tufayli kanalning uch tildagi shakliga ham maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisi olindi.

Endilikda, kanal nomidagi maxsus ko`k belgi orqali uni osongina ajratib olish mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1