2018 yil bahorini O`zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ijobiy o`zgarishlar davri bo`ldi deyish mumkin. Ikki mamlakat jurnalistlari ushbu sananing bir yilligiga bag`ishlab multimediaviy maqola tayyorlashdi.
O`zbekiston va Tojikiston jurnalistlari hamkorlikda tayyorlaganilk longridda yil davomida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, savdo-sotiq, turizm va boshqa yo`nalishlarda erishilgan natijalar fakt va raqamlar, foto va videomateriallar yordamida aks ettirilgan bo`lib, bundan tashqari ikki davlat ekspertlarining fikr-mulohazalari ham bayon qilingan. Shuningdek, ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ham bayon etilgan.