Rossiyaning Sochi shahrida Moskva va Vashington munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirokida o`tgan uchrashuvda Venesuela, Ukraina hamda Erondagi vaziyat yuzasidan so`z bordi.
Shuningdek, Pompeo Amerikadagi saylovlarga ruslarning aralashuvini ham ta`kidlab o`tgan.
“AQSh va Rossiya o`rtasidagi kelishmovchilik butun dunyoga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.Shuning uchun Pompeo bilan menmuamolarni hal qilishga hamdavaziyatni tiklashga qadam qo`yish yuzasidan kelishib oldik”, deydi Sergey Lavrov.






