Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidanTermiz garnizonidajoylashgan harbiy qismlarda bo`linmalarning jangovar tayyorgarligi to`satdan tekshirish bo`yicha inspektorlik mashg`ulotlari boshlandi.
14 may kuni ertalabki saharda berilgan “Trevoga” signalidan so`ng, garnizonda joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatlariga keltirildi.
Mashg`ulotlarning dastlabki bosqichida garnizon hududidagi harbiy ob`ektlarni qo`riqlash va himoya qilish rejimi kuchaytirilib, bo`linmalarning harbiy texnikalarda “Termiz” poligoniga chiqib ketishi ta`minlandi.
Poligonga chiqqan bo`linmalar mobil boshqaruv punktlarini yoyib, ishga tushurdi. Tekshiruv davomida harbiy xizmatchilarning taktik tayyorgarligi, topografiya, maxsus tayyorgarlik, ommaviy qirg`in qurollaridan himoyalanish va boshqa fanlar bo`yicha bilimlari sinovdan o`tkazilishi boshlandi.
Bir necha kun davom etadigan to`satdan tekshiruvni o`tkazishdan maqsad batalon taktik guruhlarining jangovar shayligi, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, harbiy texnika va qurol-aslahalardan unumli foydalanish bo`yicha amaliy ko`nikmalari sinaladi.
To`satdan tekshiruv davom etmoqda.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati