AsosiyJamiyat

“Oila — eng ulug` qadriyat” respublika tanlovi g`oliblari taqdirlandi

'“Oila — eng ulug` qadriyat” respublika tanlovi g`oliblari taqdirlandi'ning rasmi

15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda “O`zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda e`lon qilingan “Oila — eng ulug` qadriyat” respublika tanlovi g`oliblari aniqlandi.Eng yaxshi maqola, eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi hujjatli va badiiy film yo`nalishi bo`yicha e`lon qilingan respublika tanlovida respublikamizda ijod qilayotgan jurnalistlar va ijodkorlar ishtirok etishdi. Tanlovning “Eng yaxshi maqola” yo`nalishi bo`yicha 1-o`ringa Sadoqat Maxsumova “Mahalla” gazetasi muxbiri, 2-o`ringa Munisxon Karimova “Xalq so`zi” gazetasi muxbiri, 3-o`ringa Nargiza Umarova “Yoshlar ovozi” gazetasi muxbiri loyiq deb topildi.

Tanlovning “Eng yaxshi hujjatli va badiiy film” yo`nalishida 1-o`rin bilan Umid Hamdamov “Issiq non” filmi uchun, 2-o`rin bilan Ahmed Unarbaev “Opa” filmi uchun, 3-o`rin bilan Samiddin Lutfullaev “Qora zarba” filmi uchun taqdirlandilar.

“Eng yaxshi ijtimoiy roliklar” yo`nalishi bo`yicha 1-o`rin Yulduz Usmonovaga, 2-o`rin Nafosat Erkaevaga, 3-o`rin Gulandom Yunusovaga berildi.

G`oliblar 15-may kuni poytaxtimizning “Central Park” istirohat bog`ida “Ahil oilalar tashrifi” munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining diplom va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandilar.

    Boshqa yangiliklar