AsosiyDunyo

Venesuelada parlament binosi yopib qo`yildi (Video)

'Venesuelada parlament binosi yopib qo`yildi (Video) 'ning rasmi

Venesuelada portlovchi vosita to`g`risidagi xabardan so`ng, parlament binosi yopib qo`yildi, deya xabar qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.

Deputatlarning so`zlariga ko`ra, xavfsizlik kuchlari binoda tekshiruv olib bormoqda. Harbiylar muxolifatchilarga Milliy majlis binosiga kirishga ruxsat bermayapti. Muxolifat etakchisi Xuan Guaydo bu holat parlamentni yopish hukumatning bir o`yini ekanini ta`kidlamoqda.

“Buning bari parlamentda muhokamalar o`tkazmaslik uchun bir bahona, ammo bu bilan bizni to`xtatisholmaydi. Ertaga biz majlisni federal qonunchilik saroyida davom ettiramiz”, deydi Xuan Guaydo.

Qo`shimcha ma`lumot sifatida aytish mumkinki, ayni vaqtda AQSh hamda dunyoning 50 dan ortiq davlatlari Xuan Guaydoni qo`llab-quvvatlashmoqda.


Boshqa yangiliklar