AsosiyJamiyat

2019 yil Toshkentda 2235 ta yangi ish o`rinlari yaratiladi

'2019 yil Toshkentda 2235 ta yangi ish o`rinlari yaratiladi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Yoshlar press klubi”ning “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi Toshkent shahridagi tuman filiallari ishtirokida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzusida navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Toshkent shahar bo`linmasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar bandlikka ko`maklashish markazi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar bo`linmasi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi Markaziy Kengashidan mas`ul xodimlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot davomida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi Toshkent shahar koordinatori Suxrob Rahimov so`zga chiqib, 2018 yil amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilning birinchi choragidagi faoliyati yuzasidan taqdimot ko`rinishida ma`lumot berdi.

Toshkent shahar bandlikka ko`maklashish markazi mas`ul xodimi G`ulom To`raev Toshkent shahrida mavjud bo`sh ish o`rinlari to`g`risida, Davlat soliq qo`mitasi vakili Tolib Shomurodov soliq tizimidagi yangi o`zgarishlar, tadbirkorlar uchun mavjud soliq turlari va imtiyozlar haqida, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutaxassisi Rustambek Baratov Savdo sanoat palatasi tomonidan yosh tadbirkorlarga ko`rsatiladigan ko`maklar va yordamlar to`g`risida o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Muloqot davomida 2018 yil “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasining Toshkent shahar tuman filiallari tomonidan tadbirkorlikning ishlab chiqarish sohasi bo`yicha 43 ta loyihaga, xizmat ko`rsatish sohasi bo`yicha esa 32 ta loyihaga jami 27, 271 mlrd so`m kredit ajratilgani, 2019 yil ishlab chiqarish bo`yicha 79 ta, xizmat ko`rsatish bo`yicha 70 ta loyihaga 97, 300 mlrd so`m ajratilishi ta`kidlandi.

—Mazkur muloqot “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berish hamda ushbu dasturlar doirasida tadbirkorlikni yo`lga qo`yish, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta`minlash maqsadida tashkil etildi, – deydi Toshkent shahar koordinatori Suxrob Rahimov. —O`tgan yil poytaxtning o`zida 1079 ta yoshlar ish bilan ta`minlangan bo`lsa, joriy yilda 2235 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

5 ta muhim tashabbus doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi Toshkent shahar tuman filiallari tomonidan ishchi guruh shakllantirilib, Uchtepa tumanida shtab tashkil etilgan. “Yoshlar-kelajagimiz” jamg`armasining Toshkent shahar tuman filiallari tomonidan 95 ta mahallada targ`ibot tadbirlari o`tkazilishi natijasida 900 nafardan ziyod yoshlar tadbirkorlik bo`yicha o`ztajribalarini oshirdi.

Tadbir so`nggida yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shahnoza Nurullaeva

    Boshqa yangiliklar