Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o`rinbosari Sodiqjon Berdialiev Jizzax viloyatida sayyor qabullarni olib bormoqda.
Xususan, joriy yilning 17 may kuni Do`stlik tumanida Byuroning Do`stlik tuman bo`limi binosida Mirzacho`l, Do`stlik, Zafarobod, Arnasoy, Paxtakor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o`tkazildi.
Sayyor qabulda, Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.
Sayyor qabul davomida 7 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi.






