Bugunga kelib AQShda ko`plab ota-onalar o`z qizaloqlariga “Taxt o`yinlari” seriali personajlarining ismini bermoqda, deb xabar berdi The Business Insider nashri.
Xususan, 2018 yilda 560 nafar Kxalisi ismli qizaloqlar paydo bo`lgan. Qolaversa, serialning bosh qahramonlaridan biri Arya Stark sharafiga Arya ismli 2545 nafar qizchalar tug`ilgan.
Ammo serialning yakunlovchi mavsumining 5-qismidan so`ng ko`plab ota-onalar o`z qizaloqlarini Deyeneris Targarien sharafiga Kxalisi (“Qirolicha”) deb atashganidan afsusda qolishdi.
Gap shundaki, shu paytgacha serialda ijobiy rol hisoblab kelinayotgan Deyeneris 8-mavsumning 5-qismida Qirollik Gavanida ajdahosi bilan dushmanga qo`shib begunoh odamlarni ham kuydirib tashlaydi. Endilikda Kxalisi ismi o`zining pok nomini yo`qotib, u Gitler bilan tenglashtirilmoqda.






