1

Ebola vaksinasi insonlarda muvaffaqiyatli sinab ko`rildi

Salomatlik 27.11.2014, 13:06
Ebola vaksinasi insonlarda muvaffaqiyatli sinab ko`rildi

Ebola virusiga qarshi vaksina insonlarda sinab ko`rildi va u ijobiy natijalarni bermoqda. O`nlab ko`ngillilarda o`tkazilgan vaksinasiya dori vositasi miqdori ularda sog`liqlarini tiklash bo`yicha imkoniyatlarni oshirmoqda, deya xabar bermoqda RIA Novosti BBC Newsga tayangan holda.

Vaksina har bir ishtirokchi organizmida immunitetni ko`tarishga yordam berdi. Tajriba uchun balog`at yoshiga etgan 20 kishi jalb etildi.

Ebolaga qarshi yangi vosita GlaxoSmithKline kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya rahbari Endryu Uitti “Bu odamni quvontiradigan belgi” degan fikrni bildirdi. Uning fikricha, vaksinani virusga qarshi qo`llash uchun yana bir oylik sinov muddati kerak bo`ladi.

GlaxoSmithKline kompaniyasi dori vositasi ikki oydan beri sinovdan o`tkazilmoqda. Sinovlarda AQSh, Buyuk Britaniya, Mali va Shvesariyadan jami 200 kishi qatnashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1