AsosiyJamiyat

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyida ko`plab xayriya-saxovat ishlari amalga oshirilmoqda.

'“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyida ko`plab xayriya-saxovat ishlari amalga oshirilmoqda. 'ning rasmi

Bunda Fondga ehson qilayotgan saxovatpesha insonlarning ko`magi muhim ahamiyatga ega, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Joriy yilning 16 may kuni Fond tomonidan tayyorlangan qariyb 251 million so`mlik Ramazon sovg`alari yurtimizning 14 ta hududlariga yuborildi. Ushbu muruvvat karvoni o`n to`rt hududiy birliklar tomon yo`lga chiqib, unda bir yarim ming muhtoj oilalar uchun mo`ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari va 3000 dona Qur`oni karim joy olgan. Mahsulotlar hajmi jami 21 tonna (guruch 7.5 t, shakar 4.5 t, un 4.5 t, yog` 4.5 t) bo`lib, ular haqdorlarga etkaziladi.

photo_2019-05-18_12-53-41.jpg

Loyihani o`tkazishdan maqsad esa musulmonlar uchun muborak bo`lgan Ramazon oyida ko`makka muhtoj insonlarning ko`ngliga xurramlik baxsh etishdir.

Fond rahbari I.Xalilov muhtoj insonlar tashkilot e`tiboridan chetda qolmasligini ta`kidlagan holda saxovatli insonlarni fond bilan hamkorlik qilishga, ehsonlarning haqdorlarga etib borishida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar