AsosiyJamiyat

​Energetika vazirligi Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda qo`shma korxona tashkil etadi

'​Energetika vazirligi Fransiya kompaniyasi bilan hamkorlikda qo`shma korxona  tashkil etadi 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S» (Fransiya) kompaniyasi o`rtasida energetika sohasida manfaatli texnik hamkorlik olib borish yuzasidan anglashuv Memorandumi imzolandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining matbuot xizmatining telegramdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Bo`lg`usi hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari sifatida «O`zenerjiinjiniring» qo`shma korxonasini tashkil etish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining atom dasturi doirasida hamkorlik qilish belgilab olindi.

Tomonlar yuqorida ta`kidlangan sohalardagi loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarni boshqarish kabi texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rag`batlantirishni rejalashtirmoqdalar.

Memorandum uch yilga mo`ljallangan bo`lib, o`zaro hamkorlik doirasida har yili uzaytirilishi mumkin.


    Boshqa yangiliklar