Nizomga muvofiq, Qo`mita monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub`ektlari ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini lisenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo`mita Bosh vazirga hamda ayrim masalalar bo`yicha Prezidentga bo`ysunadi.
Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Qo`mita tarkibiga kiradi.
Qo`mita xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta`minlaydi.
Qo`mita mulkchilik shaklidan qat`i nazar monopoliya sohasida tadbirkorlar faoliyatini tekshiradi.
Qo`mita raisi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Hukumat tomonidan doimiy ravishda Qo`mita faoliyatining samaradorligi baholanib boriladi.






