AsosiyJamiyat

​Qoplarda xomashyo o`rnida tayyor mahsulotlar borligi fosh bo`ldi

'​Qoplarda xomashyo o`rnida tayyor mahsulotlar borligi fosh bo`ldi'ning rasmi

Bugungi kunda yurtimizda ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash uchun yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.

Biroq ana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanish o`rniga, ba`zi bir “uddaburon tadbirkor”larimiz qonunga zid ravishda bojxona to`lovlaridan qochish maqsadida tovarning TIF TN kodini o`zgartirib, tayyor tovarni xomashyo sifatida olib kirishga urinish kabi salbiy holatlar ham uchrab turibdi.

Xususan, Samarqand viloyatida faoliyat ko`rsatuvchi MChJ nomiga xorijiy davlatdan umumiy qiymati 17 749 AQSh dollariga teng bo`lgan, 15570 kilogramm “Parda mahsulotlari uchun mato xomashyosi” tovari olib kelinishi lozim edi.

Bojxona ko`rigi davomida bojxonachilarda tovarning TIF TN kodiga aniqlik kiritish maqsadida tovarlardan belgilangan tartibda namunalar olib, kompleks ekspertizaga yuborildi.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ushbu tovarlar xomashyo emas, balki tayyor parda matolari ekanligi ma`lum bo`ldi.

Olib qo`yilgan ushbu parda tovarlarga nisbatan 2,1 milliard so`m qo`shimcha bojxona to`lovlari hisoblandi va jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar