2019 yilning 19 may kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo`yicha yordamchisi Miroslav Enchani qabul qildi.
U Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining (MGIMO) V Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan cuhbat chog`ida Prezident Shavkat Mirziyoev va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aprel oyida Pekin shahridagi samarali muzokaralari chog`ida erishilgan kelishuvlarni joriy etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
BMT shafeligida Orolbo`yi mintaqasi uchun ko`p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatining boshlanishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Hozirgi vaqtda bir qator davlatlar fondga mablag` ajratish to`g`risida ma`lum qildilar. Xususan, O`zbekiston rejalangan 6 million AQSh dollaridan 2 million miqdoridagi dastlabki transhni fondga o`tkazdi. Orol dengizining oldingi tubida 500 ming gektarga yaqin maydonga himoya ko`chatlari ekildi, Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish bo`yicha 500 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda BMT Rezident-koordinatori Helena Freyzer ishtirok etdi.






