AsosiyJamiyat

Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida “Temurbeklar” musobaqasining viloyat bosqichlari o`tkazildi

'Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida “Temurbeklar” musobaqasining viloyat bosqichlari o`tkazildi'ning rasmi

Qarshi shahrida umumta`lim maktab o`quvchi-yoshlari o`rtasida “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o`tkazildi.

Unda viloyatning barcha tumanlarida tashkil etilgan “Temurbeklar” harbiy-sport jamoalarining 132 nafar ishtirokchilaridan iborat 11 ta jamoa o`zaro kuch sinashdi. Musobaqani 700 nafardan ortiq o`quvchi-yoshlar bevosita kuzatib bordi.

Harbiy-sport musobaqaning viloyat bosqichi ishtirokchilari “Mohir mergan”, “To`siqlardan oshib yugurish”, “Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatish”, “Minalashtirilgan hududda harakatlanish” hamda “Maxfiy parollar bilan ishlash” kabi jami 9 ta shart bo`yicha o`zaro bellashdilar.

Ko`rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko`ra:

  • 1-o`rin — Yakkabog` tumanidagi 48-umumiy o`rta ta`lim maktabi jamoasi;
  • 2-o`rin — Nishon tumanidagi 24-umumiy o`rta ta`lim maktabi jamoasi;
  • 3-o`rin — Mirishkor tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabi hamda Kasbi tumanidagi 56-umumiy o`rta ta`lim maktabi jamoalari.

Shuningdek, bugun, 19 may kuni Chirchiq shahrida ham “Temurbeklar” harbiy-sport o`yinlarining Toshkent viloyati bosqichi bo`lib o`tdi.

Murosasiz kechgan bahslar davomida o`quvchi yoshlar o`zlarining jismoniy tayyorgarligi va epchilligini namoyon etib, o`z jamoalarini g`oliblar qatoriga qo`shish uchun bor mahoratlarini ko`rsatdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko`ra:

  • 1-o`rin — Chirchiq shahridagi 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining “Qalqon” jamoasi;
  • 2-o`rin — Bo`stonliq tumanidagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabining “Fidokorlar” jamoasi;
  • 3-o`rin — Oqqo`rg`on tumanidagi 36-umumiy o`rta ta`lim maktabining “Burgutlar“ jamoasi qo`lga kiritdi.

Har ikki musoboqada g`oliblikni qo`lga kiritgan ishtirokchilar va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovg`alar tantanali ravishda topshirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar