Moskva Tverskiy sudi "Makdonalds"ga nisbatan qo`zg`atilgan ish bo`yicha da`vo arizasini ko`rib chiqdi. Moskvalik Olga Gavrikova barmog`ini kesib olgani uchun kompaniyadan 4 million 500 ming rubl talab qilmoqda.
"Ma`naviy zararni qoplash byo`icha dav`o arizasi 9 dekabr kuni ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan”, - deya xabar bermoqda sud matbuot xizmati "Interfaks"ga.
Arizada da`vogar Olga Gavrikova unga etkazilgan jismoniy ziyon sabab kelib chiqqan ma`naviy zararni qoplab berishi so`ralmoqda.
Voqea ikki yil oldin, 2012 yilning fevral oyida ayol "Makdonalds"dan qahva sotib olgan paytida sodir bo`lgan. Kassa xodimi unga ichimlik solingan idishni beradi va unga qaramasdan oynani yopadi. Shunda oyna Olganing barmoqlarini kesib ketadi. Bu haqda Olga Gavrova LifeNewsga aytib bergan.
Restoran rahabriyati falokat natijasida kesilgan barmoq bo`yicha aybni bo`yniga olishni rad qilgan, bunda ular oyna ishlab chiqaruvchilarni aylabmoqda.





