Rossiyaning Amur viloyatida laylak baloi ofatda o`z jo`jalarini tashlab ketmadi, deya xabar berdi Fishki.net nashri.
Amur viloyati Tambovka qishlog`i yaqinidagi Gilchin daryosi bo`ylaridagi vodiyni kimdir yoqib yuboradi. Ammo laylak pastda olov bo`lishiga qaramay, o`z inini tark etmadi. Negaki inida hali ochib chiqmagan jo`jachalari bor edi. Olov laylakka hech qanday zarar etkazolmagan.
Umuman olganda, har yili ushbu hududda ko`plab yong`inlar sodir bo`ladiki, buning oqibatida turnalar va laylaklar va boshqa pastda, erda in quradigan qushlarning o`zi va tuxumlari yonib ketadi.