Joriy yilning 17 may kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxo`jaevning Byuroning Bo`stonliq tuman bo`limida Toshkent, Bo`stonliq, Yuqorichirchiq, Parkent, Qibray tumanlari hamda Chirchiq shahar aholisi uchun sayyor qabul bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.
Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.
Xususan, Bo`stonliq tumanida yashovchi M.Paxriddinovaning qarzdor tomonidan aliment to`lovlari o`z vaqtida amalga oshirilmayotgani haqidagi murojaati nazoratga olinib, undiruvchiga shu kunning o`zida 1 mln. 300 ming so`m aliment qarzdorligi to`liq undirib berildi.
Bundan tashqari, fuqaro I.Xudaybergenovgning murojaati bo`yicha tegishli choralar ko`rilib, 2 mln. 800 ming so`mlik ish haqi to`liq undirilishiga amaliy yordam ko`rsatildi.
Huddi shuningdek, 18 may kuni Byuro direktori tomonidan Byuronig Yangiyo`l shahar bo`limi binosida Chinoz, Yangiyo`l, Zangiota, Quyichirchiq va Oqqo`rg`on tumanlari hamda Yangiyo`l shahar aholisi uchun ham sayyor qabul tashkil etildi.
Tashkil etilgan 2 kunlik sayyor qabul davomida jami 16 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati eshitilib, 12 ta murojaatlar ijobiy hal etilgan.
Murojaatlarni hal etish bo`yicha mas`ul xodimlar begilanib, hal etish choralari ko`rilmoqda.






