AsosiyJamiyat

Malaka oshirish - muhim masala

'Malaka oshirish - muhim masala'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan joriy yilning 16-20may kunlari Qashqadaryo viloyati IIB tuman-shaharlar bo`yicha ichki ishlar organlari jinoyat qidiruv bo`lim (bo`linma, guruh) boshliqlari, profilaktika inspektorlari va navbatchilik qismlari inspektorlarining xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun xizmat faoliyatidan ajralmagan holda kasbiy bilimlarini xotirlash, yangilash, chuqurlashtirish hamda ko`nikma va mahoratlariniyuksaltirish borasida sayyor o`quv yig`ini o`tkazilmoqda.

Mazkur o`quv yig`inlari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Farmoyishlariga asosan Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo viloyat akademik liseyidagi Malaka oshirish instituti filialida o`tkazilmoqda.

Malaka oshirish instituti tomonidan o`tkazilgan dastlabki sayyor o`quv yig`inlari 2019 yilning 3 yanvardan 12 aprel kuniga qadar respublikamizning barcha mintaqalarida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma, ichki ishlar bo`limi boshliqlari, ularning o`rinbosarlari, profilaktika inspektorlari vaistiqbolli yosh kadrlar zahirasiga kiritilgan xodimlar uchun tashkil etilib, ushbu tadbir davomida olingan tajribalar asosida hozirgi sayyor o`quv yig`inlari tashkil etilmoqda.

O`quv jarayoniga jalb qilingan xodimlarning jinoyatchilikka qarshi kurashish,huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish, profilaktika inspektorlarining viktimologik profilaktik faoliyati, tezkor va profilaktik hisoblar va ularni takomillashtirish, axborot-texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlar va “Internet” tarmog`i orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni tashkillashtirish va bu boradagi muammolarni bartaraf etish, jamoat xavfsizligini ta`minlash samaradorligini oshirish, shuningdek navbatchilik qismi faoliyatini to`g`ri tashkil etish yo`nalishidagi dolzarb masalalar yuzasidan bilimi va amaliy mahorati oshirish, sohadagi muammolarni tahlil qilishi va uning echimi yuzasidan taklif va tavsiyalar berilmoqda.

Barcha o`quv mashg`ulotlari Institutning professor-o`qituvchilari hamda viloyat IIBning tajribali xodimlari tomonidan o`tkazilmoqda. Ushbu tadbir yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlarberilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar