AsosiyJamiyat

O`zbek Milliy akademik drama teatrining bir guruh akterlari mukofotlandi

O`zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi munosabati bilan teatr ijodkorlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 
Mamlakatimizda professional teatr san`atini rivojlantirish va yangi bosqichga ko`tarish, xalqimizning boy madaniy merosi va an`analarini asrab-avaylash, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodimizning ma`naviy olamini yuksaltirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar, Vatanga mehr va sadoqat ruhida kamol toptirish ishiga qo`shgan munosib hissasi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar taqdirlansin:
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist” faxriy unvoni bilan 
Nabiev Asadillo Suvanovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Yusupova Tuti - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan 
Ikramova Dildorxan - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Masudov Fatxulla Xusanovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
“Do`stlik” ordeni bilan 
Abduvaxabov Abduraim Abdullaxayevich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Kurbanov Babaniyaz - O`zbek Milliy akademik drama teatri rassomi
Soy Svetlana Menginovna - O`zbek Milliy akademik drama teatri rassomi 
“Shuhrat” medali bilan 
Aripdjanov Maxmudjon Okiljanovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri yoritish bo`limi boshlig`i
Qilichov Mirolim Husniddinovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2014 yil 27 noyabr

    Boshqa yangiliklar