AsosiyJamiyat

​Jo`natmadagi 415 gramm marixuana to`xtatib qolindi

'​Jo`natmadagi 415 gramm marixuana to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan pochta jo`natmalari orqali qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasinijo`natish kabi qonunbuzarlik holatlariga tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro U.R. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmasi belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazilganida, deklarasiyada ko`rsatilgan “CD 3” va “Books” tovarlari o`rnida polietilen paketga o`ralgan, o`tkir hidli marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, ashyoviy dalil sifatida olingan marixuana giyohvandlik moddasining sof og`irligi 414,76 grammni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar