AsosiyJamiyat

​Xorazmda OTMlarga tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yuzasidan sinov test o`tkazildi

'​Xorazmda OTMlarga tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yuzasidan sinov test o`tkazildi'ning rasmi

Xorazm viloyatida umumiyi o`rta ta`lim maktablari 11-sinf bitiruvchilariningoliy ta`lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik jarayonlarini aniqlash yuzasidan sinov test jarayonlari o`tkazildi.

11-sinf bitiruvchilarida oliy ta`limga test topshirishda ko`nikma hosil qilish maqsadida barcha tumanlarga yo`nalishlarni aniq belgilaydigan, o`quvchi tomonidan ishlangan testlarni kompyuter texnika vositasida tekshirish imkoniyatini beruvchi va har bir yo`nalish bo`yicha ballarini aniq chiqarib bera oladigan dasturlar o`rnatildi. Shuningdek, DTM, oliygohlar va viloyat xalq ta`limi boshqarmasining metodistlari tomonidan ishlab chiqilgan 57 mingdan ortiq test bazasi asosida 1-bosqichda viloyatdagi 11-sinf bitiruvchilarining 8296 nafaridan sinov testlari olindi. Sinov testlarida qatnashgan o`quvchilarning natijalarini 2018-2019 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalariga kirish ballari bilan taqqoslaganda 566 nafari davlat grantiga, 381 nafari shartnoma asosida jami 947 nafar (jami 11-sinf bitiruvchilariga nisbatan 4,63 foiz, test topshirgan o`quvchilarga nisbatan 11,42 foiz)ni tashkil etdi. Jarayonga jalb etilgan 8296 nafar o`quvchilardan 7340 nafari (88,4 foiz) esa buguni kunda oliy ta`limga tayyorgarlik darajalari past ekanliklari aniqlandi. Jumladan, 7340 nafar o`quvchining 3019 nafari o`tgan yilgi kirish ballaridan past ball to`plagan bo`lsa 4321 nafari esa javob varaqalarini bo`yashdagi xatoliklar tufayli etarlicha ball to`play olmagan.

2019 yil 14-16 may kunlari esa mazkur jarayonning 2-bosqichi keng ko`lamda o`tkazildi. Jarayonning 2-bosqichida 10189 nafar 11-sinf bitiruvchilari jalb qilindi. Sinov testlarida qatnashgan o`quvchilarning natijalarini 2018-2019 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalariga kirish ballari bilan taqqoslaganda 391 nafari davlat grantiga, 844 nafari shartnoma asosida jami 1235 nafar (jami 11-sinf bitiruvchilariga nisbatan 6,04 foiz, test topshirgan o`quvchilarga nisbatan 12,12 foiz)ni tashkil etdi. 1-bosqichga nisbatan oliy ta`limga kirishi mumkin bo`lgan o`quvchilar soni 288 nafarga oshdi. Shuningdek, test topshirgan o`quvchilarning o`quvchining 6787 nafari o`tgan yilgi kirish ballaridan past ball to`plagan bo`lsa 2563 nafari (1-bosqichdga nisbatan 1758 nafarga kamaygan) esa javob varaqalarini bo`yashdagi xatoliklar tufayli etarlicha ball to`play olmagan.

Bu jarayon umumta`lim muassasalarining 11-sinf o`quvchilar o`rtasida bepul tashkil etilgani va test materiallarining darajasi yuqori darajada tuzilgani hamda testlar bazasida o`tgan o`quv yiligacha oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlarida tushgan singari test materiallari bilan boyitilganligi maktab bitiruvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Ushbu jarayon o`quvchilarga oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari jarayonlarini oldindan his qilib o`zlaridagi mavjud kamchiliklarini bartaraf qilish imkoniyatini yaratdi.


    Boshqa yangiliklar