Bojxona xodimlari yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo`yildi.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomat qilayotgan fuqaro X.S. o`zining yashash xonadonida sifatsiz yog` ishlab chiqarishga mo`ljallangan “yashirin sex” faoliyat olib borayotganligi ma`lum bo`ldi. Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan aniqlangan mazkur qonunbuzarlik holatida aniqlanishicha, kimyoviy ishlov berilgan paxta chigitidan qo`lbola usulida noqonuniy ravishda standart talablariga javob bermaydigan, sifatsiz iste`mol yog`ini ishlab chiqarayotganligi fosh etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.