1

​Toshkentda zamonaviy liftlarni ishlab chiqarish masalasi muhokama etildi

Jamiyat 20.05.2019, 23:52
​Toshkentda zamonaviy liftlarni ishlab chiqarish masalasi muhokama etildi

Toshkent shahar hokimligida Shveysariyaning Schindler kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.


Schindler dunyoda eskalator, lift va travalatorlarni ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalardan hisoblanadi.

Hozirgacha yurtimiz va poytaxtimizda qurilgan muhtasham inshootlarning bir nechasi mazkur kompaniyaning zamonaviy texnika va texnologiyalari bilan jihozlangan. Xorijiy hamkorlar yuqori sifatli va xavfsiz lift hamda eskalatorlarni etkazib berish vazifasini to`laqonli ado etayotgani bilan Toshkentning o`zida shunday ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish muhim. O`zaro muloqot davomida Toshkent shahar hokimining o`rinbosari Baxtiyor Raxmankulov poytaxtimizda qurilishlar hajmi ortayotgani, bunda zamonaviy va ko`p qavatli binolarning ulushi ham ko`p ekanligini qayd etdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1