AsosiyJamiyat

Xorijiy sarmoyalar kiritilgan mingdan ortiq korxonalarda monitoring o`tkazildi

2014 yili O`zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xorijiy sarmoyalar ishtirokida faoliyat yuritib kelayotgan 1437 ta korxonada monitoring o`tkazildi, deya xabar bermoqda ut.uz.

Bu haqidagi ma`lumot vazirlik tomonidan tashkil etilgan “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati: amaliyot va muammolar” mavzusidagi konferensiyada berildi.

Shuningdek, joriy yilning 9 oyi davomida sarmoyalarni o`zlashtirish 10.7 foizga, xususan xorijiy sarmoyalarni o`zlashtirish 22.3 foizga etgan. 105 ta yuqori va zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish bo`yicha muhim sarmoya kiritilgan loyihalar amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar