AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Belarus Bosh shtab boshliqlari ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

'O`zbekiston va Belarus Bosh shtab boshliqlari ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi'ning rasmi

Bugun, 21 may kuni O`zbekiston Mudofaa vazirligida Belarus Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig`i — Belarus mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari general-mayor Oleg Belokonev boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Oliy martabali mehmonni O`zbekiston mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i general-mayor Pavel Ergashev kutib oldi.

Shuningdek, uchrashuvda Belarus Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Leonid Marinich hamda Belarus Respublikasining mudofaa ishlari bo`yicha O`zbekistondagi attashesi Andrey Romanenko ham ishtirok etdi.
Ta`kidlash kerakki, Belarus Respublikasining harbiy delegasiyasi 24 mayga qadar O`zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo`ladi.

Uchrashuv davomida tomonlar mudofaa sohasi bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi, ushbu yo`nalish bo`yicha o`zaro tajriba almashishni mustahkamlash borasida fikr almashdilar.

General-mayor Pavel Ergashev mamlakatlarimizni umumiy tarix, mustahkam do`stlik natijasida yuzaga kelgan an`analar va o`zaro hurmat birlashtirib turishini ta`kidladi.

“Mubolag`asiz aytish mumkinki, 2018 yilning sentyabrida Belarus Respublikasi Prezidentining O`zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib, o`zbek—belarus o`rtasidagi strategik hamkorlikni rijovlantirish yo`lida muhim qadam bo`ldi”, — deydi O`zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig`i.

Shuningdek, general-mayor Pavel Ergashev O`zbekiston Mudofaa vazirligi Belarustomoni bilan har tomonlama, jumladan, harbiy va harbiy-texnika sohasida munosabatlarni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

General-mayor Oleg Belokonev o`z chiqishi davomida O`zbekiston uning uchun do`stona va quyoshli mamlakatgina emasligini alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o`tdi. “Toshkentda mening ota-onam yashagan, ukam tug`ilgan, yuragimning bir parchasi doim ushbu ajoyib shahar bilan birga. Mazkur tashrif ko`r-ko`rona tashkil etilmadi, bu O`zbekiston va Belarusrespublikalario`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash bo`yicha davlatlarimiz mudofaa vazirlarining qarorlari ijrosidir”.

Bundan tashqari uchrashuv davomida so`nggi yillarda keng qirrali va ko`lamli davlatlararo aloqalarni rivojlantirish yo`lida salmoqli marralar zabt etilgani ta`kidlandi.Uchrashuvdan so`ng mehmonlar Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambar qo`ydilar.

Belarus Respublikasi delegasiyasi O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida ham bo`lib, oliy harbiy ta`lim muassasasining faoliyati, shuningdek, harbiy kadrlarni tayyorlashga yangicha yondashuvlar bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularga yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Eslatib o`tamiz, 20—27 may kunlari Namangan viloyatidagi “G`urumsaroy” poligonida birinchi bor O`zbekiston va Belarus Respublikalari bo`linmalari o`rtasida “Jangovar hamdo`stlik—2019” maxsus-taktik mashg`ulotlari o`tkazilmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar