1

​Bojxona institutining kursantlari o`rtasida “Discussion Club” dasturi tashkil etildi

Jamiyat 21.05.2019, 20:23
​Bojxona institutining kursantlari o`rtasida “Discussion Club” dasturi tashkil etildi

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 2 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida xalqaro-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi va mamlakatimiz iqtisodiyotining investisiyaviy jozibadorligini oshirish, bojxona organlari xodimlarining bilim va ko`nikmalarini oshirish kabi ezgu maqsad mujassam.

Shuningdek, o`z vazifalarini samarali amalga oshiruvchi bojxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, soha bo`yicha ilmiy-tadqiqot masalalarini kompleks tarzda yangicha mazmun va shaklda tashkil etish masalalari Bojxona institutining asosiy vazifalaridan biri sifatida qayd etilgan.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash va Bojxona instituti kursantlarining bilim ko`nikmalarini oshirish maqsadida kursantlar o`rtasida “Munozara klubi” tashkil etildi. Unda Bojxona institutining 3-4-bosqich iqtidorlikursantlaridan tashkil topgan “Munozara klubi” a`zolari, professor-o`qituvchilar, hamda kursantlar ishtirok etishdi.

Tadbirdakursantlar tomonidan bugungi kun amaliyotida uchrayotgan muammoli masalalar yoritilib, ularga ilmiy yondoshgan holda tahlil qilib berildi.

Qizg`in bahs-munozaralarga boy tarzda o`tgan mazkur klub kursantlarning bojxona sohasida muammoli masalalarni tahlil qilish, echim topish mahoratini oshirish bilan bir qatorda ularni malakali, har tomonlama etuk bojxona xodimi etib tayyorlashda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1