1

Uchinchi tashabbus Toshkent viloyatida qanot yozmoqda

Jamiyat 21.05.2019, 20:36
Uchinchi tashabbus Toshkent viloyatida qanot yozmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida joriy yilning 19 mart kuni bo`lib o`tgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san`at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga qiziqishini oshirish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish” to`g`risidagi videoselektorda respublika viloyatlarining barcha shahar va tumanlarida “Raqamli texnologiyalar o`quv markazlar”ini tashkil etish belgilab berilgan.


Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish” borasida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Yo`l xaritasi”ga binoan Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida “Raqamli texnologiyalar o`quv markazi”ini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tashabbus doirasida yoshlarning bo`sh vaqtini unumli o`tkazish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko`nikmalarini oshirish, sohadagi eng ilg`or ishlanmalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O`rtachirchiq tumanidagi 3-son umumta`lim maktabida informatika, kompyuter savodxonligi, dasturlash yo`nalishlariga ixtisoslashtirilgan to`garaklar tashkil etish belgilangan.

Ma`lumot o`rnida aytish kerakki, mazkur maktab 1040 o`ringa ega bo`lib, ayni paytda, 52 nafar o`qituvchi 840 nafar o`quvchiga ta`lim berib kelmoqda.

Hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ushbu maktabning informatika, kompyuter savodxonligi, dasturlash yo`nalishlariga ixtisoslashtirilgan xonalari ta`mirlandi hamda 42 ta kompyuter to`plami, 30 ta komyuter stoli va zarur jihozlar, 70 ta stul, 22 ta ish stoli, 4 ta shkaf, 2 ta kondisioner, 2 ta proektor va barcha zarur kompyuter texnikasi, orgtexnika vositalari bilan jihozlandi va yuqori tezlikdagi Internet tarmog`iga ulandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1