1

Xorijiy investisiyalarni jalb etish hisobiga farmasevtika sohasida 26 ta qo`shma korxona faoliyat yuritmoqda

Jamiyat 21.05.2019, 21:05
Xorijiy investisiyalarni jalb etish hisobiga farmasevtika sohasida 26 ta qo`shma korxona faoliyat yuritmoqda

O`zbekiston Milliy matbuot markazida Sog`liqni saqlash vazirligi va Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dori-darmon ta`minotini yanada yaxshilash va farmasevtika sanoatini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Jumladan, mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019 – 2021 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog`ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni sohadagi islohotlarning izchil rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni paytda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 162 ta korxonadan 90 tasida dori vositalari, 61 tasida tibbiy buyum va 11 tasida dori vositasi va tibbiy buyumlar ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgan 2486 dan ortiq dori vositalari va 199 ta tibbiyot buyumlari tibbiyot amaliyotida qo`llashga ruxsat etilib, davlat ro`yxatiga olingan. 19 ta farmasevtika korxonalarining 100 ga yaqin turdagi mahsulotlari xalqaro farmasevtika bozoriga, shu jumladan, AQSh, Fransiya, Germaniya va boshqa Evropa mamlakatlari va MDHga eksport qilinmoqda.Bundan tashqari, farmasevtika sohasiga xorijiy investisiyalarni jalb qilinishi hisobiga 26 ta qo`shma korxona faoliyat ko`rsatmokda. Erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilayotgan barcha ishlab chiqarish korxonalari qatori, farmasevtika korxonalariga ham imtiyozlar berilishi soha rivojiga katta ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.

E`tiborli jihati, mahalliy ishlab chiqaruvchi 27 ta korxonatomonidan 25 farmakoterapevtik guruhga mansub dori vositalari va 10 nomdagi tibbiy buyumlar 14 ta xorij davlatlarga, jumladan, AQSh, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Korxonalar tomonidan eksport qilingan mahsulotlar hajmi 2018 yilning 1 choragiga nisbatan 134,6 foizga oshdi. 6 ta yangi farmasevtik bozor –Janubiy Koreya, Turkiya, Moldova, Tojikiston, Belorus va Yaman davlatlari bozorlari o`zlashtirildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1