1

​Toshkent viloyatida 50 ta mehmon uyi tashkil etiladi

Jamiyat 21.05.2019, 21:39
​Toshkent viloyatida 50 ta mehmon uyi tashkil etiladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi orasida mehmon uylarini tashkil etish bo`yicha targ`ibot tadbirlarini o`tkazmoqda. Bunda asosiy e`tibor sayyohlarni ko`proq qiziqtirayotgan Bo`stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari, shuningdek, Angren shahrida joylashtirish vositalariga bo`lgan talabni to`laqonli qondirish qaratilmoqda.

Xonadonma-xonadon yurilib, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartibi, imtiyozlari bo`yicha tushuntirishlar natijasida turizm salohiyati yuqori bo`lgan tumanlarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagini bildirgan 50 dan ortiq tashabbuskor aniqlandi. Demak, yaqin orada shuncha mehmon uyi tashkil etiladi.

Ayni vaqtda ularning ro`yxati “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratilishi uchun mutasaddi tashkilotlarga yuborildi. Ularni monitoring qilish mexanizmi joriy qilinmoqda.

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, Toshkent viloyatiga har yili o`rtacha 550 000 nafar xorijiy va 3 200 000 nafar mahalliy sayyoh keladi. Ayni vaqtda esa ularga viloyatdagi 72 ta mehmonxona, 56 ta oilaviy mehmon uy xizmat ko`rsatyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1