1

​Xalq ta`limi vaziriga o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 21.05.2019, 21:56
​Xalq ta`limi vaziriga o`rinbosar tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 20 may kuni Xalq ta`limi vaziri o`rinbosarini tayinladi.

Prezident qaroriga ko`ra, Temurjon Komilov Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari lavozimini egallagan. U xalq ta`limi sohasida moliyaviy-iqtisodiy masalalarga mas`ul hisoblanadi.

Temurjon Komilov xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo`nalishi bo`yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2004 yil bakalavriyat va 2006 yili magistraturani tamomlagan. 2005-2017 yillarda davlat organlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasida ishlab kelgan. 2018 yilda u Hisob palatasining Byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilishi va xarajat qismi ijro etilishini nazorat qilish sho``basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Temurjon Komilov avvalgi o`rinbosar Otabek Nazirovning o`rnini egalladi. Otabek Nazirov 2019 yil yanvar oyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1